Manzura haqida
1978-yilda, rassom Muborak oilasida jajji Manzura dunyoga keladi. Kichkina xonasini katta xayot yo'lida unga elkadosh bo'lgan opasi bilan bo'lishgan Manzura 5 yoshlik paytidanoq, bog'chadoshlarini o'zining noyob ovozi bilan hayron qoldirardi. Qizidagi qobiliyatni sezgan ijodkor ota, do'sti Karim Xoji bilan maslahatlashib, uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga beradi. U yerda olingan bilim va tajriba Manzurani vokal ustasi sifatida shakllantiradi. Yosh bo'lishiga qaramay Manzura, "Karubina" ariyasini "Neymer" orkestri jo'rligida kuylaydi. Katta diapazon bilan hammani hayratga solgan Manzura o'zida yangi kuch sezgach, faqat oldinga intilish zarurligini tushunib yetadi. 1996-yilda Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan "Sebonu" guruhini tuzadi. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qo'shiq yozib, "Ofarin-96" ko'rik tanlovida 2-o'rinni egalladi. Kutilmagan burilish har uch ijodkorni ham quvontirdi. Natijada solist Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tugatib, Toshkent Davlat Konservatoriyasida o'qishni davom ettiradi. U paytga kelib guruhdagi Nargiza o'zini san'atshunoslikka bag'ishlaydi. Omadli trio esa sekingina "Osiyo" duetiga aylandi. To'liq ism–sharifi Yuldasheva Manzura Muborakovna Laqabi yoki tahallusi Ponchik Tug'ilgan joyi va vaqti Toshkent shahri (6-tug'ruqxonada), 21 fevral kuni, ertalabki 7:20da Vazni 53 kg Bo'yi 166 sm Millati O'zbek Harakteri O'zgaruvchan Oilaviy sharoiti Turmushga chiqmagan Yoshlikdagi hato uchun eng og'ir jazo Qilgan hatosi uchun unga ovqat berishmagan Birinchi bo'sa Sir… Birinchi bor o'zi tayyorlagan taomi Moshxo'rda tayyorlagan 11 yoshida Sevimli aktyor va aktrisasi Javad Abidov, Zaynab Sadrieva Sevimli xonandasi Yulduz Usmonova Sevimli filmi "O'tkan kunlar" Sevimli qo'shig'i Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi "Andijanchasiga" Sevimli taomi Lag'mon Sevimli ichimligi Mevalarning yangi siqilgan tabiiy sharbati Sevimli sport turi Futbol Sevimli mashg'uloti Yaxshi film tomosha qilish Sevgan insoni Bor Foydalanadigan atiri "Donna Karan New York" Shiori Ishlash, ishlash va yana ishlash Mukofotlari "Nihol" mukofoti sovrindori (2002 yil), "Tarona taqdimoti" sovrindori (2006 yil) Ko'p ishlatadigan so'zi Yo'q (lekin ruscha o'zbekcha aralashtirib gapiradi) Shaxsiy avtomobil markasi "Nexia" siyohrang Agarda xonanda bo'lmaganida Shifokor bo'lardi Orzusi Xalqqa yanada manzur bo'lish Armoni Bor Shaxsiy e-mail manzili Yo'q Shaxsiy sayti Yo'q | |
| |
Просмотров: 16996 | | |
Всего комментариев: 0 | |