Profil ID Raqamini Bilish Va Foydalanish
Demak boshladik! Avvalo ID raqamni bilish haqida gaplashamiz. Buning uchun profilimiz pastidagi Parametrlarni o'zgartirish bo'limiga kiramiz. Keyin yangi oyna ochiladi! U yerdan esa sahifaning eng pastki qismiga tushamiz va qaraymiz. U yerda esa Sizning Odnoklassnikidagi profilingizning ID raqami: 546038677697 degan yozuvga ko'zimiz tushadi! Aynan shu yozuvdagi raqamlardan iborat tarkib profilingiz ID raqami. Ya'ni, namuna sifatida quyidagicha: 546038677697. Endi biz shu raqamlarni nusxalab olamiz! Xo'sh? Men bundan nima maqsadda va qanday foydalanaman? Agarda sizni profilingizni hayotdagi bir do'singiz, odnoklassnikining izlash bo'limida topa olmasa, bu juda qo'l keladi! Buning uchun browseringizning tepa qismidagi manzilga o'tish maydoniga quyidagi manzilni yozamiz: http://ok.ru/ profile/546038677697 va ushbu manzilga o'tamiz! Qarabsizki, to'g'ridan to'g'ri sizning profilingiz sahifasi ochiladi! Ana endi hammasini tushunib oldingiz degan umiddamiz! Hammaga omad! Eslatma: maqoladagi ID raqam, ya'ni 546038677697 raqamlari namuna sifatida ishlatildi. Bu namuna o'rniga o'zingizning ID raqamingiz qo'yilishi lozim! Manba: Okfan.ru | |
| |
Просмотров: 1847 | |
Всего комментариев: 0 | |