Profilga Elektron Pochta Kiritish
Bugun sizlar bilan profilga qanday qilib elektron pochta kiritishni o'rganamiz! Avval biz bu nega kerak? Degan savolga javob olsak. Bu imkoniyat biz uchun juda kerakli va xafvsizlik uchun juda muximdir! Deylik siz loginingiz yoki parolingizni unutib qo'ydingiz yoki sizning profilingiz boshqa bir shaxs tomonidan olib qo'yildi. Bu vaziyatda ham bizga bu imkoniyat juda katta yordam beradi, ya'ni shunday xolatlarda odnoklassnikidagi Loginingiz yoki Parolingizni unutdingizmi? sahifasi kirib, maydonga elektron pochta manzilini kiritib, pochtamizga profilning ma'lumotlarini yuborishimiz mumkin. Hosh, qanday qilib elektron pochtani profilga biriktiramiz? Buning uchun dastavval profilni eng pastiga tushamiz va u yerdan Parametrlarni o'zgartirish bo'limiga kiramiz, va yangi oyna ochiladi. U yerdagi sahifalardan Elektron pochta manzili sahifasini tanlaymiz. So'ng yana yangi oyna ochiladi. U yerdagi maydonga elektron pochta manzilini kiritamiz. Masalan: Alay.90@mail.ru . Xullas pochtani maydonga kiritib, Saqlash tugmasini bosamiz, va tayyor! Endi profilingiz mutlaqo xavfsiz! Diqqat: pochtani bir marta kiritilgandan so'ng, o'zgartirish profil ro'yhatga olingan raqam orqali aktivlashtirish kodi bilan amalga oshiriladi. Manba: Okfan.ru | |
| |
Просмотров: 1558 | |
Всего комментариев: 0 | |