«Kim ruxsat berdi» (Latifalar)
Аvtoxalokatga uchragan yoshgina yigitchani soʼroq qilib, inspektorlar bayonnoma rasmiylashtirmoqda edilar: -«Sizni mast xolda rulga oʼtirishingiz — yoʼl xarakati qonun-qoidalariga mutlaqo zid ekanligini bilasizmi? Bunga qanday yoʼl qoʼydingiz? Mast xolatda rulga oʼtirishga kim sizga ruxsat berdi?!…». -«Otam!». -«Nima, otangiz xam sizga oʼxshab axmoqmidi?». -«Yoʼq, axmoq emas, u xam mast edi!»… «Turmushga chiqqan dugonaning gaplari…» Ikki sevishganlar uchrashuvga chiqib, oʼzaro suxbatlashib oʼtirardilar. Yigit osmonga qoʼllarini choʼzib, shunday debdi: -«Аzizim, men sizga xov anovi oyni olib beraymi yoki narigi yonidagi charaqlagan yulduznimi?». Qiz xayajondan entikib, debdi: -«Qoʼying, ovora boʼlib nima qilasiz!…Xa, aytmoqchi, oʼsha oy-yulduzlarni toʼyimizdan keyin xam aytsam, olib berarmidingiz?». -«Bilasizmi, toʼydan keyin oila-roʼzgʼor deganday, bu narsalarga vaqt boʼlmasa kerak. Qolaversa, bu oy-yulduzlar bizdan boshqalar uchun xam kerak-ku, axir! Yoki gaplarimga xafa boʼldingizmi?…» -«E,yoʼgʼe, men shunchaki dugonamni gaplarini bir….. « -«Qaysi, anavi turmushga chiqqan dugonangizning gaplarinimi?…» «Biror falokatni boshlagani aniq» Nasriddin Аfandining turmush oʼrtogʼi uyda bir oʼzi televizor koʼrib oʼtirib, undagi axloq-odob mavzusidagi dasturlardan ruxlanib ketib, Аfandiga telefon qilibdi: -«Dadasi, toʼgʼrisini ayting, siz meni yaxshi koʼrasizmi?». -«Xa, albatta onajonisi, Tinchlikmi, axir? Biror bir kattaroq narsa xarid qildingmi? Yo kattaroq pul…». -«E-e, qoʼysangizchi dadasi, oʼzim shunchaki…». -«Xoziroq uyga boraymi, onajonisi?». -«Xa, mayli…agar…xaligi…». Nasriddin Аfandi shu zaxotiyoq oʼgʼliga telefon qilibdi: -«Oʼgʼlim, qaerda boʼlsang xam, tezda uyga yetib kel. Men xam xozir yetib boraman. Onang yo mashinani urib olgan yoki boshqa biror bir falokatni boshlagani aniq!…» | |
| |
Просмотров: 686 | | |
Всего комментариев: 0 | |